Use APKPure App
Get Shamoili Muhammadiyya old version APK for Android
Kutib Oling. Bebaho Kitob.
Bismillahir rohmanir rohim
1. Anas roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam na ko‘p uzun
qomatlik va na past qadlik, balki o‘rta bo‘ylik, qomatlari nihoyatda mavzun zot edilar.
Ranglari na nihoyatda oq va na to‘q bug‘doyrang edi, balki oq qizillikka moyil,
ko‘rkamlikda o‘n to‘rt kechalik oy kabi nurlik edi. Muborak sochlari na nihoyatda
buralgan va na nihoyatda yozilgan edi, balki o‘rta bir holda o‘zlariga yarashgan edi. Alloh
Taolo ul kishini qirq yoshida payg‘ambarlik maqomiga musharraf etdi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam o‘n yil Makkai mukarramada va o‘n yil Madinai munavvarada
turdilar, va oltmish yoshda dunyodan rihlat qildilar. Muborak boshlarida va soqollarida
yigirma adad ham oqargan mo‘y yo‘q edi.
I z o h: Bu rivoyatda Makkadagi istiqomatlarini o‘n yil deyilgan va butun umrlarini
oltmish yosh ko‘rsatilgan. Buning sababi shuki, arablar goho kasr adadni zikr
qilmaydilar. Haqiqatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkai mukarramada o‘n
uch yil turganlar. Va vafot topganlarida, muborak yoshlari oltmish uchda edi.
2. Anas roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘rta qadlik
bir zot edilar. Na uzun va na past bo‘yli edilar. Jismlari chiroyli, kelishgan, sochlari na
buralgan va na yozilgan edi. Chehralari bug‘doyrang, qachon yursalar, oldilariga moyil
bo‘libroq yurar edilar.
3. Baro’ ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘rta
buyli (biroz uzunga moyil) bir kishi edilar. Ikki yelkalarining o‘rtasi keng bo‘lib, muborak
sochlari ko‘p va ikki quloqlarining yumshoqlariga tushib turardi. Egnilarida qizil libos
(ya’ni rido’ va izorlari) bor edi. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan husnliroq
bir narsani hargiz ko‘rmadim.
4. Baro’ ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat: Men hech bir zulflik mahbubni qizil libos
ichida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ziyoda husnlik ko‘rmadim. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamning muborak sochlari ikki yelkalariga tushib turar edi. Ikki
yelkalarining orasi keng edi. Qad-qomatlari na past va na ziyoda uzun edi.
5. Ali roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam na uzun va na
past bo‘yli edilar. Ikki kaftlari va ikki qadamlari to‘la va go‘shtlik edi. Muborak boshlari
katta va a’zolarining bo‘g‘imlari, xar ikki suyaklarining qo‘shilgan yeri yo‘g‘on edi.
Siynalaridan kindiklariga qadar uzun va ingichka mo‘ylari bor edi. Qachon yursalar,
go‘yo balandlikdan pastlikka tushib borayotgan kabi yurar edilar. Men Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamdan avval ham, keyin ham, u kishiga o‘xshagan biron zotni
hargiz ko‘rmadim.
6. Ali roziyallohu anhuning nabiralari Ibrohim ibn Muhammad dedilar: Ali roziyallohu
anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vasflarini bayon qilsalar, der edilar:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam na uzun va na past bo‘ylik edilar, balki o‘rta qadlik
odamlardan edilar, va muborak sochlari na ziyoda buralgan va na ziyoda yozilgan edi,
balki ikkisining o‘rtasida edi. Muborak badanlari na semiz va muborak chehralari na
yumaloq, balki ozroq mudavvar (yumaloqqa moyil) edi, chehralari qizilga moyil oq edi.
Ikki ko‘zlari nihoyatda qora va kipriklari nihoyatda uzun edi. Ikki suyaklarining
qo‘shilgan boshlari yo‘g‘on va ikki yelkalari jam bo‘ladigan joylari ham yo‘g‘on go‘shtlik
edi. Badanlarida tuk yo‘q edi, magar siynalaridan kindiklariga qadar nozik mo‘ydan bir
chiziq tortilganday edi. Ikki kaftlari va ikki qadamlari to‘la va go‘shtlik edi. Qachon yo‘l
yursalar, qadamlarini yerdan quvvat-la uzib olar, guyoki pastlikka ketib borayotgan kabi
ko‘rinar edilar. Qachon bir tarafga burilsalar, butun badanlari bilan burilar edilar. Tanho
bo‘yinlarini burib qo‘ymas edilar.
... Davomini o'qish uchun dasturni yuklab oling
Last updated on Jan 4, 2024
- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.
Uploaded by
Діма Понк
Requires Android
Android 5.0+
Category
Report
Shamoili Muhammadiyya
1.1.5 by Kitoblar Olami
Jan 4, 2024