Our website uses necessary cookies to enable basic functions and optional cookies to help us to enhance your user experience. Learn more about our cookie policy by clicking "Learn More".
Accept All Only Necessary Cookies
Icona Shamoili Muhammadiyya

1.1.5 by Kitoblar Olami


Jan 4, 2024

Informazioni su Shamoili Muhammadiyya

Kutib Oling. Bebaho Kitob.

Bismillahir rohmanir rohim

1. Anas roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam na ko'p uzun

qomatlik va na past qadlik, balki o‘rta bo‘ylik, qomatlari nihoyatda mavzun zot edilar.

Ranglari na nihoyatda oq va na to'q bug'doyrang edi, balki oq qizillikka moyil,

ko‘rkamlikda o‘n to‘rt kechalik oy kabi nurlik edi. Muborak sochlari na nihoyatda

buralgan va na nihoyatda yozilgan edi, balki o'rta bir holda o'zlariga yarashgan edi. Ah

Taolo ul kishini qirq yoshida payg'ambarlik maqomiga musharraf etdi. Rasululloh

sollallohu alayhi vasallam o'n yil Makkai mukarramada va o'n yil Madinai munavvarada

turdilar, va oltmish yoshda dunyodan rihlat qildilar. Muborak boshlarida va soqollarida

yigirma adad ham oqargan mo'y yo'q edi.

I z o h: Bu rivoyatda Makkadagi istiqomatlarini o'n yil deyilgan va butun umrlarini

oltmish yosh ko'rsatilgan. Buning sababi shuki, arablar goho kasr adadni zikr

qilmaydilar. Haqiqatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkai mukarramada o'n

uch yil turganlar. Va vafot topganlarida, muborak yoshlari oltmish uchda edi.

2. Anas roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'rta qadlik

bir zot edilar. Na uzun va na past bo'yli edilar. Jismlari chiroyli, kelishgan, sochlari na

buralgan va na yozilgan edi. Chehralari bug'doyrang, qachon yursalar, oldilariga moyil

bo'libroq yurar edilar.

3. Baro' ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'rta

buyli (biroz uzunga moyil) bir kishi edilar. Ikki yelkalarining o'rtasi keng bo'lib, muborak

sochlari ko'p va ikki quloqlarining yumshoqlariga tushib turardi. Egnilarida qizil libos

(ya’ni rido’ va izorlari) bor edi. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan husnliroq

bir narsani hargiz ko'rmadim.

4. Baro' ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat: Men hech bir zulflik mahbubni qizil libos

ichida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ziyoda husnlik ko‘rmadim. Rasululloh

sollallohu alayhi vasallamning muborak sochlari ikki yelkalariga tushib turar edi. Ikki

yelkalarining orasi keng edi. Qad-qomatlari na past va na ziyoda uzun edi.

5. Ali roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam na uzun va na

passato bo'yli edilar. Ikki kaftlari va ikki qadamlari to'la va go'shtlik edi. Muborak boshlari

katta va a'zolarining bo'g'imlari, xar ikki suyaklarining qo'shilgan yeri yo'g'on edi.

Siynalaridan kindiklariga qadar uzun va ingichka mo'ylari bor edi. Qachon Yursalar,

go'yo balandlikdan pastlikka tushib borayotgan kabi yurar edilar. Uomini Rasululloh

sollallohu alayhi vasallamdan avval prosciutto, keyin prosciutto, u kishiga o'xshagan biron zotni

hargiz ko'rmadim.

6. Ali roziyallohu anhuning nabiralari Ibrohim ibn Muhammad dedilar: Ali roziyallohu

anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vasflarini bayon qilsalar, der edilar:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam na uzun va na past bo'ylik edilar, balki o'rta qadlik

odamlardan edilar, va muborak sochlari na ziyoda buralgan va na ziyoda yozilgan edi,

balki ikkisining o'rtasida edi. Muborak badanlari na semiz va muborak chehralari na

yumaloq, balki ozroq mudavvar (yumaloqqa moyil) edi, chehralari qizilga moyil oq edi.

Ikki ko'zlari nihoyatda qora va kipriklari nihoyatda uzun edi. Ikki suyaklarining

qo‘shilgan boshlari yo‘g‘on va ikki yelkalari marmellata bo‘ladigan joylari prosciutto yo‘g‘on go‘shtlik

edi. Badanlarida tuk yo'q edi, magar siynalaridan kindiklariga qadar nozik mo'ydan bir

chiziq tortilganday edi. Ikki kaftlari va ikki qadamlari to'la va go'shtlik edi. Qachon yo'l

yursalar, qadamlarini yerdan quvvat-la uzib olar, guyoki pastlikka ketib borayotgan kabi

ko'rinar edilar. Qachon bir tarafga burilsalar, butun badanlari bilan burilar edilar. Tanho

bo'yinlarini burib qo'ymas edilar.

... Davomini o'qish uchun dasturni yuklab oling

Novità nell'ultima versione 1.1.5

Last updated on Jan 4, 2024

- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.

Traduzione in caricamento...

Informazioni APP aggiuntive

Ultima versione

Richiedi aggiornamento Shamoili Muhammadiyya 1.1.5

Caricata da

Діма Понк

È necessario Android

Android 5.0+

Mostra Altro

Shamoili Muhammadiyya Screenshot

Commento Loading...
Iscriviti ad APKPure
Sii il primo ad accedere alla versione anticipata, alle notizie e alle guide dei migliori giochi e app Android.
No grazie
Iscrizione
Abbonato con successo!
Ora sei iscritto ad APKPure.
Iscriviti ad APKPure
Sii il primo ad accedere alla versione anticipata, alle notizie e alle guide dei migliori giochi e app Android.
No grazie
Iscrizione
Successo!
Ora sei iscritto alla nostra newsletter.