Use APKPure App
Get Harbiy atamalar old version APK for Android
Harbiy atamalarning batafsil yoritilgan izohli lug'ati android ilovada
O'zbek tilining harbiy terminologiyasini shakllantirish, boyitish va uni tartibga solish bugungi kunda dolzarb masalalardan bo‘lib qoldi.
Sh. 3. Dolimovning «Harbiy atamalarning qisqacha izohli lug‘ati» aynan shu dolzarb masalalarni hal qilishda muhim manbadir. Mazkur lugat mustaqillik davrida yaratilgan shu sohadagi birinchi izohli lugat. Ushbu lug‘atni tuzishda muallif eng yangi qomusiy nashrlardan, ma’lumotnoma xarakteridagi adabiyotlardan va o‘quv qo‘llanmalardan foydalangan. Lug‘atning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri terminlar izohining kengligi, ya’ni har bir termin haqida batafsil ma’lumot berilganligidir. Harbiy sohaga oid terminlarni tartibga solish va unifikatsiya qilishda mazkur lugat alohida ahamiyat kasb etadi. Muallif ruscha terminlarga o‘zbekcha muqobil tanlashda terminologik me’yorlarga qat’iy amal qilganligini alohida ta’kidlash kerak.
Xulosa qilib aytish mumkinki, mazkur lugat bugungi kun talablariga to‘la javob bera oladi va leksikografiyamizda kelajakda yaratilajak harbiy qomusiy lug‘atlarga zamin bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining me’yoriy hujjatlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik
DOLIMOV Shokir Zokirovich tomonidan tuzildi
Mas’ul muharrir general-mayor Qayumov Shavkat Naimovich
Taqrizchilar: podpolkovnik Axmedov Oybek G‘ayratovich; Ne’mat Mahkamov, filologiya fanlari nomzodi, UzR FA A. Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti Terminologiya bo‘limi mudiri
Uzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Til va adabiyot institutining ilmiy kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan
HARBII ATAMALARNING QISQAChA IZOHLI LUG‘ATI
Toshkent - 2007
Uploaded by
Keith Adrian Vergara
Requires Android
Android 5.0+
Category
Report
Use APKPure App
Get Harbiy atamalar old version APK for Android
Use APKPure App
Get Harbiy atamalar old version APK for Android