Robinzon Kruzo


10.0 by Propubplace
Oct 27, 2023 Old Versions

About Robinzon Kruzo

Daniyel Defo "Robinzon Kruzo" asari

Robinzon Kruzo – 1719-yil aprelda ingliz yozuvchisi Daniyel Defo tomonidan nashr etilgan roman. Asar insonning tabiat bilan uyg‘unlikda ma’naviy tiklanishi haqida hikoya qiladi. Bu roman dengiz sayohatchisi Robinzon Kruzoning avtobiografiyasi sifatida yozilgan. Defo o‘z romaniga prototip qilib, shotlandiyalik qayiqchi Selkirkning 1704–1709-yillarda kimsasiz orolda qolib ketganini olgan edi.

1719-yil avgustda Defo “Robinzon Kruzoning keyingi sarguzashtlari” nomli ikkinchi kitobini chiqardi va yana bir yil o‘tgach “Robinzon Kruzoning jiddiy fikrlari” deb nomlangan uchinchi kitobini ham yozdi. Lekin faqat birinchi kitobgina dunyo adabiyoti xazinasiga kirdi va shu bilan birga yangi “Robinzoniada” janri paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ldi.

Kitob, York shahrida yashovchi va uzoq dengizlarga sayohat qilishni orzu qilgan Robinzon Kruzoning xayoliy avtobiografiyasi sifatida yozilgan. Otasining xohishiga qarshi, 1651-yilda u o‘z uyini tashlab, do‘sti bilan birinchi dengiz safariga jo‘naydi. Ushbu sayohat Angliya qirg‘og‘ida kema halokati bilan tugaydi, ammo bu halokat Kruzoni ko‘nglini dengizdan uza olmaydi va tez orada u savdo kemasida yana bir nechta sayohatni amalga oshiradi. Ushbu sayohatlaridan birida, uning Afrika sohilidagi kemasi berber qaroqchilari tomonidan qo‘lga olinadi va Kruzo qochib ketgunga qadar ikki yil davomida asirlikda qoladi. Robinzonni dengizda portugal kemasi qutqarib qoladi va ular bilan Braziliyaga borib, u yerda to‘rt yil davomida plantatsiyaga egalik qiladi.

Tezroq boyib ketishni istab, 1659-yilda Robinzon qullar olib kelish uchun Afrikaga noqonuniy savdo missiyasida ishtirok etadi. Biroq kema bo‘ronga duch kelib, noma’lum orol qirg‘og‘ida sayozlikka o‘tirib qoladi. Kruzo butun kema ekipaji ichida yagona tirik qolgan inson edi... Endi uni oroldagi uzoq va mashaqqatli hayot kutmoqda.

What's New in the Latest Version 10.0

Last updated on Jul 17, 2024
Robinzon Kruzo

Additional APP Information

Latest Version

10.0

Uploaded by

Riswan Richoos

Requires Android

Android 5.0+

Available on

Show More

Use APKPure App

Get Robinzon Kruzo old version APK for Android

Download

Use APKPure App

Get Robinzon Kruzo old version APK for Android

Download

Robinzon Kruzo Alternative

Get more from Propubplace

Discover