Use APKPure App
Get Qu'ron Karim Ilmiy Mo'jizalari old version APK for Android
Kutib Oling Bebaxo Kitob.
Taniqli turk olimi Xoluq Nurboqiy qalamiga mansub ushbu kitobda Qur’oni karimning shu
choqqacha ilm-fanga noma’lum bo‘lib kelayotgan yangi-yangi qirralari g‘oyatda qiziqarli tarzda bayon
etilgan. Asar keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
Holuq Nurboqiyning "Qur’oni karimning ilmiy mo‘jizalari" kitobi to‘g‘risida
Qur’oni karim inson fikrini, zikrini, sa’iharakatini yagona va to‘g‘ri yo‘lga solib turadigan, insonga
qiyomatgacha dasturi amal bo‘lgan kitob - Olloh taoloning hikmatidir.
Qur’oni karim Koinot haqidagi shoh asar, bir tomondan, ohangiga ko‘ra komil san’at, ikkinchi
tomondan, matematika va fizikaga dahldor buyuk kashfiyot. Fizikaning barcha muhim qoidalari
Qur’oni karimda bor. Fizika Ollohning taqdirga oid ta’limoti, faqat jism ilmi emas, balki koinot
nizomidir, deb uqtiradi muallif.
Qur’oni karimning Nur surasi 35-oyatida: "Alloh osmonlar va Yerning "Nuri"dir. Nurining misoli
xuddi bir tokcha ichidagi chiroq, bu chiroq bir shisha ichida, u shisha go‘yo durdan yaralgan yulduzga
o‘xshaydi. U (chiroq) na sharqiy va na g‘arbiy ham bo‘lmagan muborak zaytun daraxti (moyi)dan
yoqilur. Uning moyi (musaffoligi)dan garchi unga olov tegmasa-da, (atrofni) yoritib yuborgudekdir.
(Mazkurlar qo‘shilganda esa), nur ustiga nur (bo‘lur). Alloh o‘zining (bu) nuriga o‘zi xohlagan
kishilarni hidoyat qilur. Alloh odamlarga (ibrat olishlari) uchun (mana shunday) masallarni keltirur.
Alloh barcha narsani biluvchidir".
U shunday bir narsaki, o‘tsiz yonadi va yulduz kabi porlab nur taratadi. "O’t tegmasa ham yoritib
yuboray deydi" mazmunidagi oyatning abjad hisobi hijriy 1284 (melodiy 1867) sanaga teng bo‘lib,
elektr energiyasi kashf etilgan va undan foydalanish ommaviylashgan yillarga to‘g‘ri keladi. Fikr
yuritilsa oyatdagi yashirin sirning qachon kashf qilinishi ham Olloh tomonidan (taqdiri azalda) belgilab
qo‘yilgan.
Elektr lampasini kashf qilgan Edison vafot etganida, javonidan Nur surasining yuqorida zikr
qilingan oyatlari topilgan. Bu, Edison Ollohning kalomiga suyangan holda qat’iyat bilan lampa
yasashga uringanini ko‘rsatadi.
U ilohiy bir mujdaga tayanmaganida yigirma ming martalik urinish va tajriba o‘tkazishga yetarli
kuchni qaerdan olardi?
Rivojlangan Amerika, Yaponiya, Frantsiya mamlakatlarining kinoshunos olimlari jismning ovozi
va tasviri uzatilgani kabi hidini ham uzatish mumkinligi to‘g‘risida ish olib borib, ijobiy natijalarga
erishganlar. Kino ekranlari yoki televizor orqali tomosha qilayotgan manzaradagi gullarning xush
bo‘ylari yoki manzaraga xos boshqa hidlarning dimog‘ingizga urilishiga oz yillar qoldi. (Vallohu a’lam).
Zero, Qur’oni karimdagi Yusuf alayhissallom qissasini eslang...
Otasi yig‘lab-yig‘lab, ko‘zlariga oq tushgan va ko‘rmay qolgan...
Hazrati Yusuf ko‘ylagini akalariga berib, otasining yuziga surtishlarini tayinlaydi. Hali ko‘ylak
Misrdan yo‘lga chiqar-chiqmas Kan’ondagi Yoqub (a.s.)ning ruhi ko‘tarilib, tabassum bilan Misr
tomonga qaraydi. Chuqur-chuqur nafas olib, "Men Yusufning hidini tuymoqdaman" (Yusuf, 94)
deydi...
Ingliz kashfiyotchi-muhandisidan muvaffaqiyatga qanday erishganini so‘rashganda u kitob
javonidagi Qur’oni karimga imo qilib: "Kitobingizni o‘qiyman va U (Olloh) ishorat etgan yo‘lda
izlanaman, tadqiqot o‘tkazaman. Siz esa uni saqlaysiz xolos", deb javob bergan ekan.
Olloh taolo butun koinotning Rabbidir. U musulmon, nasroniy deb ajratmasdan, kim harakat
qilsa, o‘shanga beradi ("Hidoyat" jurnali, 2000 yil, 3-son). Agar biz ham Olloh Qur’oni karim
vositasida bildirilgan amrlarga, unda ishorat qilingan haqiqatlarga quloq osib, ularni o‘rgansak va
o‘rganganlarimizga amal qilsak, ya’ni hayotga tatbiq etsak, bu yo‘lda Edison, Galileo Galiley, Holuq
Nurboqiy lar kabi tinmay izlansak, ko‘plab kashfiyotlarni amalga oshirishimiz mumkin.
Last updated on Feb 3, 2024
- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.
Uploaded by
Hamo Foad
Requires Android
Android 5.0+
Category
Report
Qu'ron Karim Ilmiy Mo'jizalari
1.1.5 by Kitoblar Olami
Feb 3, 2024