Oxunjon Madaliyev


1.0 by Navosoft
Oct 14, 2019

About Oxunjon Madaliyev

Siz sevgan qo'shiqlar (matnlar bilan) sevimli honandangiz ijrosida, internetsiz

Aldab qo`ygin,

Bolalik chog`imda,

Bu dunyoda men bo`lmasam ham,

Ehtiyot bo`l ukajon,

Javohirim,

Ketaman,

Kimligini aytmayman,

Ko`nglimda bir yor,

Muhabbatim rad etdingiz,

Onamning duosi,

Paloxmon tosh,

Seni olib ketgani keldim,

Sevgi-sevgi,

Shohimardon tog`lari,

Sinfdosh qiz,

Tog' lolasi,

Unutmoq osonmas bizlarni,

Yetardi

Oxunjon Madaliyev Nusratovich 1963-yil 21-may sanasida Farg'ona viloyati Oltiariq tumani, Yangiarab qishlog'ida duradgor usta Nusrat oilasida dunyoga kelgan. 1980-yilda o'rta maktabni tamomlab, 1981-yilda hujjatlarini Far'ona Davlat Pedagogika institutining musiqa fakultetiga topshirgan. 1985-yilda institutni muvaffaqiyatli tamomlab, yo'llanma bilan Oltiariq tumanidagi 26-sonli o'rta maktabda ashula fani o'qituvchisi bo'lib ishladi.

Keyinchalik Hunar texnika bilim yurtida, bir oz vaqt o'tib, Farg'ona Davlat filarmoniyasida yakkaxon solist sifatida faoliyat yurgizgan.

1989-yili Toshkent shahrida "Kamolot 89" ko'rik tanlovida g'olib bo'lib, shu yilning dekabr oyida "Xalqlar do'stligi" saroyida ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan. Keyinchalik xonanda Tojikiston, Qirg'iziston, Qozog'iston va Turkmaniston Respublikalarida konsert bergan.

Qo'shiqchilik san'atiga qo'shgan munosib hissasi uchun Oxunjon Madaliyev 1997-yil 26-avgustda O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.

1999-yil 25-avgustda "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist" unvoniga sazovor bo'lgan.

1983-yilda "Ziyodam" deb nomlangan ilk qo'shiqlar albomini taqdim qildi. Keyinchalik "Seni asrasin", "Kimligini aytmayman", "Sendadir xayolim", "Yulduzim", "Navbahor", "Javohirim", "O'zbeklarim", "Yolg'iz ayol", "Sog'inch", "Yoshligim", "Unutmoq osonmas bizlarni" kabi musiqiy albomlarni muxlislarga havola etgan.

Oxunjon Madaliyev juda sermahsul ijod qildi. Uning deyarli har bir qo'shig'i hali hamon muxslislar yodida. Jumladan hofizning "Turkman qiz", "Unutmoq osonmas bizlarni", "Ketaman", "Nasibam", "Maqsading nima?", "Seni bugun ko'rmasam bo'lmas", "Javohirim", "Yolg'iz ayol" kabi o'nlab qo'shiqlari juda mashhur bo'lgan.

Oxunjon Madaliyevning odamiyligi haqida so'z ketganda uni yaqindan biladiganlar uning kamtar, tavozuli va sahiy bo'lganini aytadi.

Vodiyning asl o'g'lonlaridan biri bo'lgan Zahriddin Muhammad Boburga o'xshab Oxunjon Madaliyev ham qisqa umr ko'rsa ham, ming-minglab yuraklarda mangu qolib ketdi. U 2000-yil, 29-iyunda yurak infarkti bilan vafot etdi.

What's New in the Latest Version 1.0

Last updated on Nov 23, 2020
Siz sevgan qo'shiqlar

Additional APP Information

Latest Version

1.0

Uploaded by

Tarek Ibrahem

Requires Android

Android 4.1+

Show More

Use APKPure App

Get Oxunjon Madaliyev old version APK for Android

Download

Use APKPure App

Get Oxunjon Madaliyev old version APK for Android

Download

Oxunjon Madaliyev Alternative

Get more from Navosoft

Discover