Muvozanat


1.1.8 by Kitoblar Olami
Aug 28, 2023 Old Versions

About Muvozanat

Kutib Oling . Yangi dastur

Assalomu Alaykum.

Salom kitobxon! Siz bilan Ulug`bek Hamdamning "Muvozanat" romanidan olgan ba`zi katta-kichik xulosalarimni bo`lishmoqchiman: Asarda davlatimiz mustaqillikni endigina qo`lga kiritgan qiyinchiliklarga to`la dastlabki yillar, o`tish davridagi og`ir o`zgarishlar tasvirlanadi (Bu orqali har qanday yaxshi ishning ham boshlanishi mashaqqatli bo`lishi mumkin, deb o`yladim). Hatto ziyolilar ham o`zini yoppasiga bozorga ura boshlaydi, oddiy odamlar shu darajada qiynalishadiki, oldingi imperiya davrlarini sog`inganlar ular orasida ko`plab topilardi. Romanda bosh qahramon Yusuf shaharga qaytayotganida bolalik do`sti Sodiq ham unga o`zidagi shu o`ylarni aytadi. Yusuf esa juda vatanparvar inson bo`lib, yurt ozodligini o`zidan, oilasidan, bor-budidan afzal ko`radi: "Agar holimiz hozirgidan beshbattar bo`lib, yeyishga bir burda nonimiz qolmasa ham, o`g`limga bitta xapdori sotib ololmay, qo`limning kaltaligi o`limiga sababchi bo`lsa-da, ro`zg`orim kuyib kul bo`lib to`zib ketsa ham, yo`q, men o`tmishning qaytib kelishini istamayman, tushunyapsanmi, Sodiq, sen sog`inayotgan, qo`msayotgan imperiyani xohlamayman". Meni ta`sirlantirgani shu bo`ldiki, Yusufning o`sha damda so`zlaganlari uning hayotida bus-butun bo`y ko`rgizdi. Inson tishlari orasidan hatlayotgan har bir so`zga e`tiborli bo`lishi, hatto hazillashibmi, qizishibmi yomonlikni tilga olmasligi juda-juda muhim ekanligini angladim. Asarda yana bir voqea- mazlumlar qarg`ishining ijobati ham tasvirlangan. Yusufning akasi Amir (u ham asosiy qahramonlardan biri) o`g`rilikda gumon qilinib, aslida begunoh bo`laturib cho`ponlar tomonidan qiynoqqa solinadi, bir qultum suvga zor bo`ladi. O`shanda Amir o`ziga ozor berganlarni “ko`zlaringga sel to`lsin senlarning” deya qarg`aydi va bu qarg`ish ham cho`pon cholning sel toshqini tufayli ikki azamat og`lidan judo bo`lishi bilan mustajob bo`ladi.

Asarning nomi, undagi men anglagan asosiy mazmun esa jism va ruhdan iborat insonning ikki xil muvozanat- din va dunyo ishlari hamda moddiyat va ruhoniyat aro muvozanat o`rnata olishi muhimligi haqida. Rumiy boboning “agar danakni chaqib, mag`zinigina eksang, nihol unib chiqmaydi. Urug`ning tuproqni yorib chiqishi uchun ham mag`iz, ham qobiq birday muhim” mazmunidagi gaplari yodimga keladi. Maktab darsliklarida esa insonning moddiy va ma`naviy hayoti qushning ikki qanotiga qiyoslangan edi. Yaqinda matnshunoslik fanidan eski o`zbek yozuvidagi ajib bir matnni o`qidik. Unda yozilishicha, payg`ambarimiz Muhammad (s.a.v) ga qaysidir oyat nozil bo`lganida rasulullohimiz yonlarida turgan hatto tirikligidayoq jannat xushxabarini eshitgan sahobalar “eh, koshkiydi, ona qornidaligimdayoq o`lib ketgan bo`lsaydim”, “eh, koshkiydi, inson bo`lib tug`ilmaganimda edi” kabi afsusdan iborat gaplarni aytishadi. Haa, to`g`risi, odam bo`lib yashash juda qiyin. Ba`zan qalbimda g`alati talato`pni his qilaman, ruhiy muvozanatimni saqlay olmayman. Rislig`oy Hotamovaning mashhur “Inson ruhida ham qiyomatlar bor” she`rini o`qiganimdan keyin ruhimdagi o`sha voqelik nomining qiyomat ekanligini anglab qoldim. Asarda zamona zayli bilan Yusuf moddiy ehtiyojlari qondirilishiga muhtoj holda, Yusufning talabalik davridagi Miraziz ismli do`stining xotini Zahro esa to`kin hayot ichra, hashamat ichra ma`naviy to`kinlikka ehtiyoj sezib yashaydi. G`alati-a? Yo`g`-e, aslida ham odamning katta harflar bilan yoziluvchi haqiqiy INSON bo`lib yashashi uchun ham ma`naviyat, ham moddiyat birday muhim.

Kamina “Muvozanat” qayoqqadir chopqillab ketayotgan insonni dunyo, odam yaralishidan asosiy maqsad nima kabi yuksak mavzular to`g`risida o`ylashga majbur qiladigan ajoyib asar, deb hisoblayman.

Sevinch Avazova,

What's New in the Latest Version 1.1.8

Last updated on Feb 8, 2024
- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.

Additional APP Information

Latest Version

1.1.8

Uploaded by

Pyae Gyi Pyae Gyi

Requires Android

Android 5.0+

Show More

Use APKPure App

Get Muvozanat old version APK for Android

Download

Use APKPure App

Get Muvozanat old version APK for Android

Download

Muvozanat Alternative

Get more from Kitoblar Olami

Discover