Use APKPure App
Get Kamoliddin Rahimov old version APK for Android
Kamoliddin Rahimov qo'shiqlari
Kamoliddin Rahimov (12.01.1943 — 25.02.2015, Namangan) — xonanda, O’zbekiston xalq artisti (1983). Rahimov Jarangdor va kuchli ovoz sohibi bo’lgan va klassik yo’nalishdagi qo’shiqlari bilan shuhrat qozongan. Uning repertuaridan mumtoz va zamonaviy bastakorlar ashulalari („Bayot“, „Ushshoq“, „Girya“, „Ko’cha bogʻi“, „Qalandariy“, „Kuygay“ kabi) hamda kuylarini o’zi yaratgan asarlari („Kul, azizim“, „Menga rahm ayla“, „Nargiz“, „Kelmaganingda“, „Mastona-mastona“, „Parvona qilsangiz“, „Ona madhi“ va boshqalar) o’rin olgan.
Kamoliddin Rahimov 1943-yil 12-yanvarda Namanganda tugʻilgan. 1987-yil Toshkent madaniyat institutini tugatgan. 2015-yil 25-fevralda 72 yoshida Namanganda ogʻir xastalikdan so’ng vafot etgan.
Rahimov ashula yo’llarini dastlab Vahobjon Abdullayevdan o’rgangan. Namanganda madaniyat uyi qoshidagi Usta Ro’zimatxon nomidagi ashula va raqs ansamblida xonanda, musiqa rahbari va badiiy rahbar (1960—71), Alisher Navoiy nomidagi viloyat teatrida yakkaxon xonanda (1972—98) bo’lib ishlagan.
Rahimov ijro uslubiga lirik talqin, so’z bilan ohangdagi uygʻunlik xos. O’zbektelefilm studiyasida uning ijodiga bagʻishlangan „Dil taronasi“ filmi suratga olingan (1982). Rahimov ijrosidagi ashulalar bir nechta gramplastinka („Kamoliddin Rahimov kuylaydi“, 1966—1972; „Nargiz“, 1980; „Bulbul“, 1983; „Ul yor qo’lida ko’za“, 1987) hamda kompakt disk („Qaydasan“ 2002)ga yozilgan. Rahimov Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Mahtumquli va boshqa mumtoz shoirlar asarlariga ashulalar turkumlarini 20 dan ziyod audiokassetaga to’plab yozdirgan. Osiyo, Yevropa, Amerika mamlakatlarida gastrolda bo’lgan.
1983-yil Kamoliddin Rahimovga O’zbekiston xalq artisti unvoni berilgan. 1988-yilda qo’shiqchi „El-yurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan.
Ushbu ilovada Kamoliddin Rahimovning:
- Bilmas ekanman
- Dam dema
- Davron nasib
- Derlar
- Dildorim erursan
- Inson va yaxshilik
- Kelmaganingda
- Ko`chamizdan o`tasan
- Nargiz
- O`n sakkizda yor yoshi
- Ona madhi
- O`ylayman
- Qari bilganini
- Qaylardasan
- San-san
- So`z qudrati
- Turnalar nomli qo`shiqlari joylashgan.
Uploaded by
مرتضى السوداني
Requires Android
Android 4.1+
Category
Report
Use APKPure App
Get Kamoliddin Rahimov old version APK for Android
Use APKPure App
Get Kamoliddin Rahimov old version APK for Android