Use APKPure App
Get Virusli gepatitdan ehtiyot bo` old version APK for Android
Virusli gepatit, uning turlari va davolash haqidagi ma'lumotlar
Virusli gepatit - oʻtkir yuqumli kasallik; jigar hujayralarining zararlanishi, umumiy intoksikatsiya belgilari, teri va shilliq qavatlarning sargʻayishi, peshobning toʻq sariq yoki "pivo" ga oʻxshash, najasning oqimtir tusga (gilvata rangiga) kirishi hamatan, moishi, jirishi Virusli gepatit deganda bir-biriga oʻxshash olti xil gepatit tushuniladi, bular A, V, C, D, E, G viruslari qoʻzgʻatadigan kasalliklardir. Ular yuqishiga qarab ogʻiz orqali (A, Ye) va parenterale yo ylqan yuqadigan (B, S, D, G) xillarga ajratiladi. A va E virusli gepatitlarda viruslar bemorning axlati orqali tashqariga chiqadi. Shuning uchun axlat, suv, oziq-ovqat mahsulotlari, bemor foydalangan buyum va narsalardan ifloslanish juda xavfli hisoblanadi. Parenteral yoʻl bilan yuqadigan Virusli gepatitlar shprits, igna va b. tibbiy asboblarni yetarli zararsizlantirmaslik oqibatida, shuningdek qon va qon preparatlari quyish hamda turli tibbiy muolajalar (ginekologik, stomatologik va b.) vaqtida yuqishi mumkin. Virusli gepatitlar davriy kechishi bilan harakterlanadi, uning yashirin, boshlangʻich, avj olgan, orqaga qaytish va sogʻayish davrlari ajratiladi. Kasallikning yashirin davri uning turiga qarab har xil: A va E virusli gepatitlarda 7 kundan 60 kungacha, parenteral yoʻl bilan yuqadigan xillarida 2 haftadan 6 oygacha, baʼzan 1 yilgacha davom etishi mumkin. Virusli gepatitlar yengil, oʻrta va ogʻir, shuningdek asoratsiz va asoratli, oʻtkir, surunkali hamda vaqt-vaqti bilan qaytalanib turadigan shakllarda kechadi; baʼzan aralash xillari prosciutto kuzatiladi. Homilador ayollar va bolalarda kasallik ogʻirroq kechadi. Virusli gepatitlarning shakli-shamoyili turlicha: grippga oʻxshash, dispeptik, astenovegetativ, artralgik alomatlar, aralash sindromlar bilan hamda latent (klinik belgisiz). Kasallik grippga oʻxshab boshlanganda bemor toʻsatdan qaltiraydi, eti uvishadi. boshi ogʻriydi, harorati koʻtariladi, aʼzoyi badani qaqshaydi, yoʻtaladi va h.k. Dispeptik alomatlar bilan boshlanganida bemor koʻngli aynib qusadi, meʼda sohasida bir oz ogʻriq boʻladi, baʼzan ichi ketadi; uning madori qurib, ishtahasi pasayadi, o qovurgʻasi ostida ogʻriq paydo boʻladi. Astenovegegativ alomatlar bilan boshlanganda bemorning boshi aylanadi, ogʻriydi, koʻp terlaydi, oʻta injiq, yigʻloqi boʻlib qoladi. Virusli gepatit larning boshlangʻich davri qanday sindrom bilan kechishidan qatʼi nazar, shu kasallikka xos 3 belgi kuzatiladi: 1) siydikning pivo rangida boʻlishi; 2) axlat rangining oqarishi; 3) koʻpchilik (deyarli 90%) hollarda jigarning kattalashishi.
Kasallikning "sariqlik davri" ham oʻziga xos tarzda kechadi. Koʻz oqi sargʻayishi bilan Virusli gepatit .ning avj olgan davri boshlanadi; A shaklida bemor sargʻayishi bilan uning ahvoli ancha yengillashib tuzalinqiraydi. Parenteral yoʻl bilan yuqadigan Virusli gepatitlarda, ogʻiz orqali yuqadiganlariga nisbatan sariqlik davri uzoqroq choʻziladi, bemor tezda tuzalavermaydi, darmoni quriydi, koʻngli ayniydi, ba'zi harda Virusli gepatitlarning xiliga qarab uning klinik alomatlari turlicha namoyon boʻlishi mumkin: sariqsiz oʻtadigan shaklida pigment almashinuvi buzilmaganligi sababli bemor sargʻaymaydi, siydigi va axlatining rangi oʻzgarmaydiq, Bilinar-bilinmas belgilar bilan oʻiganigan shaklida bemorning koʻzi qisqa muddat sal sargʻayadi, bilirubin miqsori ham tezda oʻz asliga keladi. Subklinik shaklida klinik belgilar deyarli kuzatilmaydi, uni faqat lab. tekshiruvlaridan bilish mumkin. Virus gepatitning virus tashib yuruvchilik shakli ancha murakkab, u yashirin holda kechib, bora-bora surunkali tus oladi. Kasallikning surunkali xili ancha ogir asoratlarga (o`tkir jigar ensefalopatiyasi, gemorragik, shish-assitik sindrom va b.) Sabab boʻlishi mumkin.
Last updated on Jul 27, 2024
Virusli gepatitdan ehtiyot bo`ling
Caricata da
Mohad Ali
È necessario Android
Android 5.0+
Categoria
Segnala
Virusli gepatitdan ehtiyot bo`
10.0 by Propubplace
Jul 27, 2024