Use APKPure App
Get Otamdan Qolgan Dalalar old version APK for Android
Kutib Oling. Yangi Dastur
"Otamdan qolgan dalalar"- ramziy romano.
Muallif o'z romanida sobiq sho'rolar zamonida yashab, butun umri dalada ketmon chopib, serquyosh yurtida yelkasi oftob ko'rmagan, qut-barakot yurtida kosasi oqarmagan munis o'zbek xalqi siymosini Dehqonqul timsolida badiiy talqin etadi
O'zbek adabiyotshunoslarining tahlilicha Tog'ay Murodning ilk romani "Otamdan qolgan dalalar" o'zbek milliy adabiyoti tarixida muhim hodisa bo'lgan. Asarni yozishga kirishar ekan, yozuvchi o'zini, o'zining hayot haqidagi bilim, tasavvurlarini qayta tanqidiy taftishdan o'tkazadi. Shu paytga qadar amal qilgan ijodiy aqidalariga sodiq qolgan holda qishloq hayoti, oddiy odamlar turmushini o'zgacha nigoh bilan anglash yo'lini tutadi.
Mustabid tuzum sharoitida oddiy zahmatkash mehnat ahli ayni o'sha noyob fazilatlari - to'g'riso'zligi, mehnatkashligi, halolligi, odob-andishasi tufayli xor bo'layotganligini adib chuqur alam-iztirob, nadomatlar bilan tasvirlaydi. Asarda ijtimoiy ruh — pafos keng koʻlam kasb etadi. Markazida romano Dehqonqul taqdiri turadi. Asar voqealari hayoti, taqdir-qismati, ruhiy dunyosi, ona-yer, kindik qoni to'kilgan muqaddas tuproq bilan mustahkam bog'liq, o'zbekning ramzi degulik mehnatkash inson - bosh qahramon Dehqonqul tilidan so'zlab beriladi.
Dehqonqul obrazi - o'zbek adabiyotida badiiy kashfiyot hisoblanadi. Dehqonqul sovet davri adabiyotida zavq-shavq bilan qalamga olingan mehnat qahramonlariga parodiya tariqasida yaratilgan. U totalitar tuzum, qizil imperiya siyosati tarbiyalab yetishtirgan „mehnat kishisi“, „yangi inson“ timsoli, mustabid hokimiyat munofiqona mafkurasining tirik qurboni. Dehqonqul shoʻrolar hukumatining deyarli tengdoshi. Yozuvchi qahramon taqdiri orqali davrni, "sotsialistik jamiyat tarixini ifodalash" ni o'z oldiga maqsad qilib qo'ymaydi.
Sovet hokimiyati yillarining "muhim pallalari" atayin chetlab o'tiladi, fuqarolar urushi yillarida aqlini tanigan bola 60-yillarda ham bolaligicha qolaveradi. Bu hol aslo „mantiqsizlik“ boʻlib tuyulmaydi. Yozuvchini birinchi galda Dehqonqulni qul, mute qilib shakllantirgan hayotiy omillar qiziqtiradi.
Asarda bosh qahramon Dehqonqul o'zbek xalqining timsoli sifatida tasvirlangan. Asarda uch avlod vakillari Jaloliddin Ketmon, uning oʻgʻli Aqrab va uning farzandi Dehqonqul obrazi orqali oʻzbek xalqi hayotining fojiali qirralarini yoritib berilgan. Bolalikdan qullik, zulmga koʻnikkan, hayotni faqat mehnatdan iborat deb bilgan Dehqonqul uchun dalalari va paxtasi muhim. Uning uchun dalalarining yaxshi saqlanishi, mo'l hosil berishigina saodat.
Dehqonqul shu tashvishlar bilan band bo'lib oilasiga, farzandlariga ham e'tibor bermaydi. Markazdan keluvchi mehmonlarga atab bozor qiladi, biroq bolalariga kelganda kambagʻalligiga koʻnadi. Siyosatdan yiroq boʻlgan boʻlsa-da, asar yakunida "Paxta ishi" sababli qamaladi. Shuncha yil qul boʻlib yashagan Dehqonqulning koʻzi shunda ochiladi. Hayotidagi barcha fojialarni ana o'shanda anglaydi.
Togʻay Murod ushbu romani haqida shunday fikr bildirgan: „Men bu asarim bilan oʻzbek xalqiga haykal qoʻyaman“!
Last updated on Apr 23, 2024
- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.
Caricata da
Mai A Shin
È necessario Android
Android 5.0+
Categoria
Segnala
Otamdan Qolgan Dalalar
1.1.10 by Kitoblar Olami
Apr 23, 2024