O’limni eslash kitobi


5.3 per Iqbol
Jul 18, 2024 Vecchie versioni

A proposito di O’limni eslash kitobi

Ihyoi ulumid-din o'limni eslash kitobi

Ne-ne bahodirlarni yer tishlatgan, qanchadan-qancha kisrolarni yakson etgan, o'limni

mutloq unutgan qaysarlarning orzu-umidlarini yo'kqa chiqargan zot - Ollohga hamd

bo'lsin. Darhaqiqat, "dunyoga ustunman" degan sonsiz bahodirlarga, kisroyu

qaysarlarga va'da haq bo'ldi. Ollohularni tubsiz chohga qulatdi. Bas, ular qasrlardan

qabrlarga, nur balqqan beshiklardan qop-qorong'u go'rlarga ko'chdilar, ayollar va

bolalarni erkalash lazzatidan mahrum bo'lib, hasharot va ochofat kurtlarga yem bo'ldilar.

Taom va sharob ne'matidan kesilib, qaro tuproqqa qorildilar. Ulfatlarning huzurbaxsh

bazmidan uzilib, dahshatli yolg'izlik, so'ngsiz bezovtalik ichra qoldilar.

Aytingchi, dunyoda o'limdan saqlaydigan biror qal'a yoki kuch bormi?! Bor bo'lsa, tu

bilan himoyalaning, qani, o'zingizni o'limdan to'sib ko'ring-chi!

“Biz ulardan ilgari prosciutto ancha avlodni halok qilganmiz. Taglia ulardan

birortasini ko'rurmisiz yoki ovozlarini eshiturmisiz?!" (Maryam surasi, 98-oyat)2

.

Buyuklik va qudratda yagona bo'lgan Olloh shirk va nuqson kirlaridan pokdir. U zot

baqoning egasi, Undan o'zgasi fanodir. Boqiy zot foniylarga baxt ato etdi. O'limni

muttaqiylar uchun najot va uchrashuv va'dalashilgan manzil qildi. Qabr esa badbaxtlar

uchun zindon, a yaxshilik yomonlikdan ajraladigan jazo kunigacha tor xibsxona bo'ldi.

Barcha ne'matlarni ato qilguvchi - Olloh, so'ngsiz qahr bilan intiqom oluvchi prosciutto

Olloh. Osmonlaru yerda U zotga shukrlar ko'p. Avvalu oxir U zot uchun hamdlarga to'la!

Ochiq mo'jizalari bilan bani Odam ichra mumtoz janobi pang'ambarimiz Muxammad

alayhissalomga, uning ahli baytlari hamda ashobiga salovotu salomlar bo'lsin!

O'lim - qismati, kabr - qarorgohi, tuprok - to'shagi, Munkar va Nakir - suxbatdoshi,

qurt-qumursqalar - ulfati, yer osti - xosxonasi, mahshargoh - va'dalashgan joyi, jannat

yo do'zax - so'nggi manzili bo'lgan har bir kishining fikru zikri - o'lim, tadbiru tadorigi

xam o'lim uchun bo'lishi tabiiy. Uning butun diqqat e'tibori o'limga qaratilgan, qo'rqinch

va quvonchi prosciutto o'limdan, u o'limga muntazir. Un nafsini o'liklar qatorida sanab, o'zini

qabrda ko'radi. Chunki keluvchi narsa doimo yaqin, kelmaydigani esa uzoqdir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, dedilar:

"Nafsini tergaydigan va o'limdan keyingi ishlarni o'ylab amal qiladigan kishi asl

ziyrakdir".

Qalbda neki ko'p yod etilsa, u narsaning kelishiga hozir turish oson kechadi.

Nimanidir qayta-qayta eslab turish uchun esa, uni esga soluvchi ishoratlarga doimo

diqqatni qaratish, unga rag'bat uyg'otuvchi narsalar xususida jiddiy mulohazani tark

etmaslik lozim..

Kitob muallifi: Imom G'azzoliy

Manba: www.ziyouz.com kutubxonasi

Informazioni APP aggiuntive

Ultima versione

5.3

Caricata da

Eason Yang

È necessario Android

Android 6.0+

Available on

Mostra Altro

Use APKPure App

Get O’limni eslash kitobi old version APK for Android

Scarica

Use APKPure App

Get O’limni eslash kitobi old version APK for Android

Scarica

O’limni eslash kitobi Alternativa

Trova altro da Iqbol

Scoprire