Use APKPure App
Get Murtad old version APK for Android
Kutib Oling. Yangi Dastur
Abdulhamid Ismoil
MURTAD
(quissa)
Afandi bozordan qaytib xotiniga:
- Xotin, bugun bozorda hamma hamyonini
yoʻqotdi! – deb maqtanibdi.
- Siz-chi, siz? – deb soʻrasa xotini,
- Qiziqmisan, xotin! Men birinchi boʻlib
yoʻqotdim-da! -debdi Afandi...
latifalardano
MUShKILOTI BUZRUK
Tasnif
Gli uomini azaldan ichimda bir kitob tashiyman. Gʻolibo, oʻzbekcharoq qilib yozganda: "bir kitob
yozish ishtiyoqida yuraman" deyishim kerakmidi? Xullasi, bu kitobga bosh qahramon ham
topilgan, qator-qator xodisotu voqeot prosciutto taraddudda, nafis sanʼatlaru nozik lugʻatlar prosciutto
shay. Baʼzan bu kitobning u yoki bu parchasini qitiqlagandek, ichimda uygʻotib qoʻyaman:
joyidamikan, tokchada turgan bir dasta piyoladek ozodayu jarangdormi haliyam degandek, va
hatto bir chertib qoʻyaman: tepilib-tepilib pishgan chinningi jiringi quloqlarimni
toʻldiradi: zingʻ-gʻ-gʻ... - ichiga may quymasdan mast boʻlasan kishi...
Bu kitobga koʻmiladigan siru-sinoatlarni ham hozirlab qoʻyibman: shunday bir kitob
boʻlsinki, bola onasining koʻrpa tagidagi choʻpchaklaridan bir choʻchib, bir xoʻrsinib, bir yuragini
toʻldirib, oʻngini tushdan ajratolmagandek, yo-da mana shu chol qingʻir-qiyshiq barmoqlari
ila eski-tuski daftarlarni titkilar ekan, oradan bir parcha xat uning nursiz koʻzi emas,
toʻgʻridan-toʻgʻri halqumga tiqilgan nafasiga yoʻliqqandek...
Bu kitobga terilgan so'zlarim oldida hozirgi aytilayotganlari naqadar bachkana
ekanligini bilsangiz edi! Kalimalarning tiniqligiyu, jumlalarning muvozanati boyagi
piyolalarga chizilgan naqshdek bejirim, ashula desam chalgʻiysiz, kuy desam behuda xayolga
ketasiz, qisqasi neki demay tasavvurdan ortiq, bunisini faqat o'zim bilaman.
Yana bir bor ichimga quloq osaman: turibdi, o'z joyida muhtasham, faqat bir g'azalda
aytilmish:
Ul qadi zebo sanam bilmam qachon mehmon boʻlur...
Tarji'i Buzruk
Boshqa kezlari esa oʻzimni oʻrischasiga olib boʻralab soʻkaman: "Chto za chush? Chto za
beliberda?! - Deyman. - Bros vsyu etu psevdovostochnuyu trepnyu! Ved Pisatel!
Professionale! Nado - vozmi i napishi! Una rete - tak na net i suda net!" Yana o'zimga o'zim
tarjima ham qilib qoʻyaman: “Bu ne behudalik! Bu ne safsata! Sen bu soxtasharqona bidi-
bidini itqit! Axir yozuvchisan! Kasbi koring shu! Kerakmi yoz, yoʻqsa yoʻqqa ham ota goʻri qozixonami?!”
Lekin ich-ichimdan o'zimga o'zim zid chiqaman. Chunki boyagi kitobning boshlang'ich jumlasidan
tortib eng soʻnggi iborasigacha bari koʻnglimga tugilgan-da! Bu so'zlarning zoye emasligini
isbotlash uchun tilimga hamono kitobning so'ng gapi ham chiqib keladi:
"Omon omon, begim, husni tasodif deya buni derlar..."
Last updated on Jul 20, 2023
- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.
Caricata da
Meek Rafael O Traido
È necessario Android
Android 5.0+
Categoria
Segnala
Murtad
1.1.4 by Kitoblar Olami
Jul 20, 2023