Our website uses necessary cookies to enable basic functions and optional cookies to help us to enhance your user experience. Learn more about our cookie policy by clicking "Learn More".
Accept All Only Necessary Cookies
Icona Ichingdagi Ichingdadir

1.1.6 by Kitoblar Olami


May 29, 2024

Informazioni su Ichingdagi Ichingdadir

Kutib oLIng. Yangi Kitob

Bu asar insonni fikrlashga, fikrlash orqali o'zligini, o'zligi orqali Haqni — Yaratganni tushunishga undaydi. Shuning uchun ham «Ichindagi ichindadur»ga bir marta oshno bo‘lgan ko‘zi ochiq insonki bor, umrbod undan ayrilmasam, deydi. Chunki asar, avvalo, o'sha inson haqida — siz haqingizda, men haqimda, umuman, hammamiz haqimizda. Bizning o'zligimizni bilishimiz haqida. Axir olamda bundan qiziqarliroq, bundan muhimroq yana nima bor? Mashoyixlar «O'zini bilgan avliyo bo'ladi» deya bejiz aytishmagan. Hazratning o'zi shunday deydi: «Rivoyat qiladilarki, bir podshoh o'g'lini hunarmandlar to'piga qo'shib qo'yibdi. Ular bolaga turli bilimlardan, jumladan, ilmu nujumdan dars berishibdi. Shoh o'g'li butunlay ahmoq bo'lgani holda o'ziga o'rgatilgan narsalarni puxta egallab olibdi. Kunlardan bir kun podshoh uni imtihon qilmoq uchun hovuchiga uzugini berkitib, o'g'liga «Bunda ne bor?» debdi. Bola «Qo‘lingdagi dumaloq, sariq va ichi bo‘sh narsadir» degach, hukmdor hayratda qolib «Alomatlarini to‘g‘ri aytding, ismini ayt» deb buyuribdi. O'g'il «G'alvir bo'lsa kerak» deb javob beradi. Podshoh «Olgan tahsiling sharofati bilan meni hayron etib alomat — belgilarni aniq ayting-u, ammo g‘alvirning hovuchga sig‘masligiga qanday qilib farosating yetmadi?» dedi afsus chekib.

Xuddi shunday, — deb davom etadi Rumiy hazratlari — zamonamiz olimlari ham qilni qirq yoradilar, o'zlariga bog'liq bo'lmagan narsalarni juda yaxshi biladilar, munizioni o'ta muhim, o'zlari uchun qolgan barcha narsalardan yanada yaqin bo'lganni, ya'ni o'zlarini bilmaydilar. Hamma narsadan yaqin bo‘lgan borliq bu — ularning menligi». Mavlono Rumiy insonni, avvalo, ko'zini ochishga va ochilgan ko'zlar bilan o'z mohiyatiga nazar tashlashga undaydiki, bu bilan ul valiy zot insonning o'zi bir butun olam — kichik olam ekanligini uqtiradi.

«Ichindagi ichindadur» asari ulug‘vorlik va soddalikning bir makonu bir zamonda sig‘ishib yashashining go‘zal namunasidir. Albatta, komil inson — avliyolik asrori haqida ko‘plab olimu fuzalolarning xilma-xil asarlari mavjud. Lekin ularning ayrimlarini mutolaa qilarkanmiz, o'zimizni xuddi ertak o'qiyotgan boladek sezamiz. Chunki ularda tasvirlangan avliyo yoki komil inson go'yo osmonda uchib yurgan erkin qushchayu, sizu biz zindonda — temir panjaradan uni umidsizligini kuzatib yotgan maxbus. Qushning ozodligidan, charx urib aylanishidan, baxtidan maxbusga ne naf? Qaytaga u ana shunday hur parvozi bilan bu bechoraning o'z holiga ko'nikib ketishiga to'sqinlik qilib, iztirobini orttiradi, xolos. Rumiyda esa unday emas. Rumiy shohu gadoga prosciutto, olimu avomga prosciutto birdek xitob qiladi. Va har kimning qarshisiga o'z hikmatlaridan bir ko'prik tashlab, boshqalar nima desa deyaversin, lekin sening ham bu yo'ldan o'tishga haqqing bor, ki sen ham undan o'tishga munosib va ​​qodirsan, faqat g'ayrat qil-da , kel!» deydi go'yo. Boshqacha aytsak, Jaloliddin Rumiyning «Ichindagi ichindadur» asari insonlik va ilohiylik o'rtasiga qo'yilgan mustahkam ko'prikdir.

Novità nell'ultima versione 1.1.6

Last updated on May 29, 2024

- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgrartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.

Traduzione in caricamento...

Informazioni APP aggiuntive

Ultima versione

Richiedi aggiornamento Ichingdagi Ichingdadir 1.1.6

Caricata da

Thera Etienne

È necessario Android

Android 5.0+

Mostra Altro

Ichingdagi Ichingdadir Screenshot

Commento Loading...
Iscriviti ad APKPure
Sii il primo ad accedere alla versione anticipata, alle notizie e alle guide dei migliori giochi e app Android.
No grazie
Iscrizione
Abbonato con successo!
Ora sei iscritto ad APKPure.
Iscriviti ad APKPure
Sii il primo ad accedere alla versione anticipata, alle notizie e alle guide dei migliori giochi e app Android.
No grazie
Iscrizione
Successo!
Ora sei iscritto alla nostra newsletter.