Botir Zokirov qo'shiqlari


2.0 per Sado
Oct 8, 2019 Vecchie versioni

A proposito di Botir Zokirov

Botir Zokirov qo'shiqlari

Botir Zokirov (1936, 26.4, Moskva - 1985.23.1, Toshkent) - xonanda (lirik-dramatik tenore), aktyor, rassom. O'zbekiston xalq artis-ti (1965). O'zbek zamonaviy professionale estrada qo'shiqchi (ijrochi) ligining asoschisi. Toshkent davlat konservatoriyasining vokal fakulteti (1952-57), Toshkent davlat teatr va rassomlik san'ati institutining rejissyorlik fakulteti (1958-62) da ta'lim olgan. "Yoshlik" ansambli (1957), O'zbek davlat estrada orkestri (1958-70) yak-kaxon xonandasi. Toshkent myuzikxollining tashkilotchisi, yakkaxoni va badiiy rahbari (1972-78). 1978 yildan "O'zbekkonsert" ning yakkaxon xonandasi. BOTIR ZOKIROV o'ta ta'sirchan tembrli, shirador ovozga ega bo'lgan. Ijro etgan qo'shiklarining aksariyatini tugal va teran lirik-dramatik asar darajasiga ko'tara olgan. Repertuaridagi qator qo'shiqlar kompozitorlar tomonidan B. 3. hamkorligida, uning ovoziga mo'ljallab yaratilgan. Ijodida o'zbek kompozitorlarining romans va qo'shiqlari muhim o'rin tutadi: M. Burhonov - "Maftun bo'ldim", "Namedonam, chi nom dorad"; I. Akbarov - "Yor kel", "Ra'no", "Gazli", "Seni eslayman"; Sayfi Jalil - "Majnun monologi", "Kechalar yulduz sanab" va boshqa Shuningdek, estrada uslubida kayta ishlangan hind ("Nechun xayolga cho'mding?", "Dil orzusi", "Meychale"), eron ("Maro bebus", "Ayriliq qo'shig'i "), misr (" Arabcha tango "," Uyqum o'g'risi "), suriya (" O'tmishimga yig'layman "), livan (" Go'zal qiz "), meksikan (" Alvido muhabbat "), italyan (" Yashasin muhabbat ") qo'shikdarini, chet el mualliflaridan E. Masias, J. Brel (Fransiya), Choudhuri, R. Shankar (Hindiston), Fatxulla Sulaymon (Suriya), Farid al-Atrash (Misr), alias-uka Rahboniylar (Livan), D. Ristich (Yugoslaviya) asarlarini originale (har birini o'z tilida) ijro etgan. B. Z.ning rassom sifatida yaratgan "Avtoportret", "Saraton", "Gumbazlar", "Bolalik ko'chasi", "Chor minor" kabi asarlari ma'lum. Bir qancha hikoya, ocherk va shear, shuningdek, "So'g'd'ining qoploni" operasi (Ik. Akbarov) ning librettosini yozgan. "Kichik shahzoda" (A. de Sent-Ekzyuperi), "Soya" (Ye. Shvars) asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilgan.

Kinoaktyor sifatida Yosh muhandis ("Gullar ochilganda"), Rabindranat Tagor ("Olovli yo'llar"), Abdullo ("Dahoning yoshligi") kabi obrazlar yaratgan. "O'zbektelefilm" studiyasi B. Z.ga bag'ishlangan "Menga qo'shiqchizib ber" va "Aytilmay qolgan qushiq" hujjatli filmlarni, o'g'li Bahodir Zokirov "O'sha, o'tgan kunlar" filmini suratga olgan. Toshkent ko'chalaridan bi-riga B. 3. nomi berilgan. Shuningdek, Jizzaxdagi san'at bilim yurti, Samarqanddagi yoshlar san'at markazi uning nomi bilan yuritiladi. 1994 yil B. 3. nomida estrada orkestri tashkil etildi (hozirgi "O'zbeknavo" qoshida). Fransiya, Avstriya, Germaniya, Kuba, shuningdek, Afrika mamlakatlarida gastrolda bo'lgan. 1995 yil "Botir Zokirov jamg'ar-masi" tashkil etidsi. 1989 yil dan uning nomida zamonaviy estrada qo'shiqchilari tanlovi o'tkaziladi.

Ushbu ilovada Botir Zokirovning:

- Tangosi arabi

- Ben bilim

- Bir oqshom

- Девушки моей страны

- Habiba

- Hayolim olgan

- Hayolimda

- Hindcha

- орошее настроение

- Ismingni topmay

- Lutf aylagil

- Maftun bo`ldim

- Moviy

- Ne qasding

- О, веток

- Песня разлуки

- Проводник каравана

- Ra`no

- Седая любовь

- Seni izlayman

- Umido

- Я к тебе приду

- Я слышу твой голос

- Yor kel qo`shiqlari joy olgan.

Novità nell'ultima versione 2.0

Last updated on Nov 10, 2019
Botir Zokirov qo'shiqlari

Informazioni APP aggiuntive

Ultima versione

2.0

Caricata da

غزوان النفرة

È necessario Android

Android 4.1+

Mostra Altro

Use APKPure App

Get Botir Zokirov old version APK for Android

Scarica

Use APKPure App

Get Botir Zokirov old version APK for Android

Scarica

Botir Zokirov Alternativa

Trova altro da Sado

Scoprire