Use APKPure App
Get Gunohu Kabiralar old version APK for Android
Kutib Oling. Yangi Kitob.
Bismillahir rohmanir rohiym
Olamlar Parvardigori Allohga hamdu sanolar, taqvodorlar peshvosi sayyidimiz
Muhammadga salovot va salomlar bo‘lsin!
Ushbu kitobda qaytarilgan va harom qilingan bir qancha ulkan gunohlar – gunohi
kabiralar haqida so‘z boradi.
Alloh va Uning Rasuli Kitobu sunnatda qaytargan ishlar gunohi kabiradir. (Bunday
gunohlar uchun dunyoda had-jazo belgilangan, oxiratda tahdid solingan, yoki uni sodir
qilgan kishining iymoni inkor qilingan, yoki la’natlangan, yoki «biz undan pokmiz», «u
bizdan emas», kabi so‘zlar bilan sifatlangan.)
Alloh taolo gunohi kabiralardan chetlangan kishining kichik gunohlarini kechib
yuborishini, so‘ng uni jannatga doxil etishini xabar qiladi:
«Agar sizlar man etilgan gunohlarning (Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq
bo‘lish, birovni nohaq o‘ldirish kabi) kattalaridan saqlansangizlar, qilgan
(kichik) gunohlaringizni o‘chirurmiz va sizlarni ulug‘ manzil – jannatga
kiriturmiz» (Niso surasi, 31).
«Ular katta gunohlardan va buzuqliklardan chetlanadigan, g‘azablangan
vaqtlarida esa kechirib yuboradigan zotlardir» (Sho‘ro surasi, 37).
«Ular (ya’ni, jannatga sazovor bo‘lganlar) kichik xatolardan boshqa katta
gunohlardan va buzuqliklardan yiroq bo‘ladigan zotlardir. Albatta,
Parvardigoringiz mag‘firati keng zotdir...» (Van-najm surasi, 32).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Modomiki, banda katta gunohlardan
chetlanar ekan, besh vaqt namoz, juma keyingi jumagacha va ramazon keyingi
ramazongacha bo‘lgan kichik gunohlarga kafforatdir» (Muslim va Termiziy rivoyati).
Demak, qaysi gunohlar kabira ekanini bilib olishimiz juda muhim. Toki ulardan
chetlanaylik va Rabbimiz rahmatiga musharraf bo‘laylik.
Bir toifa ulamolar gunohi kabiralarni yettita, deganlar va Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning quyidagi hadisi sharifini hujjat qilganlar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam: «Halok qiluvchi yettita gunohdan saqlaninglar», dedilar. «Ular qaysilar, yo
Rasululloh?» deb so‘rashganida, «Allohga shirk keltirish, sehr, Alloh (o‘ldirishni) harom
qilgan jonni nohaq o‘ldirish, yetim molini yeyish, sudxo‘rlik, dushmandan ortga
chekinish, buzuq xayol bilan pokdomon mo‘mina ayollarga tuhmat qilish», deya javob
berganlar (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Ibn Abbos roziyallohu anhu esa: «Gunohi kabiralar yettitadan ko‘ra, yetmishtaga
yaqinroq», deganlar. Yuqoridagi hadisda esa, gunohi kabiralar soni yettita emas, balki
mazkur yettita amal gunohi kabiralardan ekani bayon qilingan, xolos.
Xullasi kalom, kimda-kim odam o‘ldirish, zino, o‘g‘irlik kabi dunyoda had joriy qilingan,
oxiratda azoblanishi yoki g‘azabga uchrashi haqida tahdid solingan, Muhammad
sollallohu alayhi vasallam tomonidan la’natlangan yoki «iymonsizdir», «bizdan emas»,
«biz undan pokmiz (boshqa-boshqamiz)» kabi jumlalar bilan sifatlangan biror amalni
qilsa, u gunohi kabira sodir etgan bo‘ladi.
Shuni ham ta’kidab o‘tish kerakki, ayrim gunohi kabiralar boshqalaridan ulkanroq
bo‘ladi. Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Allohga shirk keltirishni gunohi
kabiralardan, deb zikr qilganlar. Vaholanki, Allohga shirk keltirgan kimsa – mushrikning
gunohi hech qachon kechirilmaydi va u do‘zaxda mangu qoladi.
«Albatta, Alloh O‘ziga (biron narsa yo kimsaning) sherik qilinishini
kechirmaydi. Shundan boshqa gunohlarni O‘zi xohlagan bandalari uchun
kechiradi. Kimki Allohga shirk keltirsa, demak, juda qattiq yo‘ldan ozibdi» (Niso
surasi, 116).
«Albatta, kimda-kim Allohga shirk keltirsa, Alloh unga jannatni harom qilur,
uning borar joyi do‘zaxdir. Zulm qilguvchilar uchun biron yordamchi bo‘lmas»
(Moida surasi, 72).
Last updated on Jan 2, 2024
- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.
Uploaded by
Rita Bou'khmada
Requires Android
Android 5.0+
Category
Report
Gunohu Kabiralar
1.1.5 by Kitoblar Olami
Jan 2, 2024